EMBASSY OF UZBEKISTAN TO THE UNITED STATES
PRESIDENCY OF UZBEKISTAN IN SCO
2016

 
PRESIDENCY OF UZBEKISTAN IN SCO
April 20, 2016
SHHTGA A’ZO DAVLATLAR TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHI YIG‘ILISHINI YORITISH UCHUN OAV VAKILLARINI AKKREDITATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2016-yilning may oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishni boshladi.

Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini yoritishni istagan OAV vakillari Tashqi ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi:

1. manfaatdor ommaviy axborot vositasi rahbarining O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari yoki O‘zbekiston Respublikasi TIVda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar orqali o‘z muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati;

2. manfaatdor ommaviy axborot vositasi to‘g‘risida ma’lumotnoma-axborot;

3. muxbirning tarjimayi holi va pasport nusxasi;

4. akkreditatsiya qilinadigan muxbirning 700x700 dpi hajmdagi fotosurati (yuqori sifatda, qat’iy to‘g‘riga qaragan holda, oq yoki ko‘k fonda, elektron nusxasini sco2016@tiv.uz elektron pochta manziliga jo‘natishingizni so‘raymiz);

5. to‘ldirilgan anketa (elektron nusxasini sco2016@tiv.uz elektron pochta manziliga jo‘natishingizni so‘raymiz).

Akkreditatsiya uchun OAV vakillaridan arizalar 2016-yilning 5-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan so‘ng, shuningdek, ko‘rsatilgan ma’lumotlarsiz jo‘natilgan yoki fotosurat va anketa ilova qilinmagan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAVning topshirgan arizalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasisiz O‘zbekistonga tashrif buyurish va professional faoliyati bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘la olmaydi.


Back

   Back to the top    Print version   
© 2004, Embassy of Uzbekistan to the United States.
All Rights Reserved.
 Design.uz Studio
Design.uz Studio
Site Development